Özbekiston prezidentining farmoyişi bilan Maqsud Mamatxonov Buxoro viloyati davlat soliq boşqarmasi boşliği etib tayinlandi. Bu haqda Davlat soliq qömitasi xabar bermoqda.

Maqsud Mamatxonov 1987 yilda Farğona viloyatida tuğilgan. Ma'lumoti oliy. 2009 yilda Farğona davlat universitetini iqtisodçi mutaxassisligi böyiça tamomlagan.

U soliq organlaridagi faoliyatini 2009 yilda Farğona viloyati Marğilon şahar davlat soliq inspeksiyasi Hisobga oliş, tahlil qiliş va soliq statistikasi bölimi inspektori sifatida boşlagan.

M.Mamatxonov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Farğona viloyati davlat soliq boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

  • 2018 yildan buyon Buxoro viloyati davlat soliq boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelgan Şerzod Aşurov şu yilning avgustida Ğijduvon tumani hokimligiga tayinlangandi.