Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani mamlakatni tark etgandan keyin afğon xalqiga birinçi murojaati bilan yuzlandi. U Afğonistonga qaytişga va'da berdi va mamlakatdan katta miqdorda pul bilan qoçib ketgani haqidagi axborotni rad etdi.
Ğani Facebook’dagi sahifasi orqali qilgan videomurojaatida mamlakatni tark etganini qon tökilişiga yöl qöyişni istamagani bilan tuşuntirgan.
Ğanining aytişiça, Afğonistonda unga qarşi suiqasd tayyorlangan va uning hayoti xavf ostida bölgan. Uni mamlakatni tark etişga qöriqlaş xizmati köndirgan. “Tansoqçilarim toliblar poytaxtga kirganda töntaruvga öxşaş hodisa yuz berganini aytganda, men saroyda edim”, deb ta'kidlab ötgan Afğonistonning sobiq yetakçisi.
U Afğonistonni öz mol-mulkining qatta qismini, jumladan qimmatbaho kitoblarini va “maxfiy hujjatlar”ni taşlab tark etişga majbur bölganini aytgan.
Ğani hozirda BAAda ekanini tasdiqladi.
“Men hozirda BAAdaman, biroq yaqin orada mamlakatga qaytaman”, deb aytgan Ğani va bu borada “muayyan odamlar bilan maslahatlaşuvlar olib borayotganini” qöşimça qilgan. Biroq u kimlarni nazarda tutayotganiga aniqlik kiritmagan.
Siyosatçining aytişiça, u toliblar bilan Kobul xavfsizligini ta'minlaş va hokimiyatni tinç yöl bilan topşiriş böyiça muzokaralar ötkazgan. Uning ta'kidlaşiça, toliblar Kobulga kirmaslikka va'da bergan, biroq poytaxtdagi prezident saroyini qurşab olgan.
Ğani, şuningdek, mamlakatni katta miqdorda pul bilan tark etgani haqidagi ayblovlarni yolğon va “mutlaq asossiz” deb aytgan. “Meni özim bilan pul olib ketganlikda ayblaşmoqda. Buning barçasi yolğon, men mamlakatdan bir köylak, salla va tuflida ketdim va özim bilan birga faqat bir sumkada bir neçtagina kitobni ololdim”, deb aytgan siyosatçi.
U özini sotqin deb hisoblamasligini aytdi hamda “mamlakatdan öz hayotini saqlab qoliş va öz manfaatlari uçun qoçib ketgani” haqidagi gaplarga işonmaslikka çaqirdi. “Men öz vatanimni sotmadim va barçadan turli miş-mişlarga quloq solmaslikni iltimos qilib qolaman. Biz Kobul uçun tinçlikni va u vayron bölmasligini xohlagandik. Men Afğonistondagi uruş yakunlanişiga umid qilib qolaman. Qurolli kuçlarimiz uşbu muvaffaqiyatsizlik uçun javobgar emas, barça javobgarlik siyosatçilar zimmasida”, deb ta'kidlab ötgan Ğani.
“Men sotqin emasman” - Aşraf Ğani Afğonistonni tark etgandan keyin ilk murojaat bilan çiqdi
14:14 / 19.08.202147 0803 min














