2018 yilda 13ta. 2019 yilda 39ta, 2020 yilda 131ta. 2021 yilning birinçi yarmida esa 268ta. Bu – Özbekistonga olib kirilgan elektromobillarning soniga oid raqamlar.

Bu raqamlar bir qaraşda kamgina bölib körinsa-da, ular yildan yilga karrasiga köpayib borayotganini köriş mumkin.

Elektromobil deganda köpçiligimiz elektr energiyasidan olingan zaryad yordamida harakatlanadigan maşinani tuşunamiz xolos. Ya'ni elektromobillar haqidagi tasavvurlarimiz asosan şu va yana ayrim ma'lumotlar bilangina çeklanib qolgan.

Kun.uz “Business Class” ruknida elektromobillar haqida hamma ham bilavermaydigan, ammo elementar ma'lumotlarni taqdim etişga qaror qildi.

Körsatuvda tokda yuruvçi avtomobillarning afzalliklari va kamçiliklari, Özbekistondagi narxlari, ularni zaryadlaş va ehtiyot qismlariga oid masalalarga töxtalib ötiladi.

Bobur Akmalov tayyorladi.
Tasvirçilar – Mahmud Soliyev, Otaxon Yusupov.
Montaj ustasi – Mahmud Soliyev

Elektromobillar haqidagi boşqa maqolalar: