“Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toşlar töğrisida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toşlar bölgan yer qa'ri uçastkalaridan foydalaniş huquqi jismoniy hamda yuridik şaxslarda Davlat geologiya va mineral resurslar qömitasi tomonidan beriladigan tegişli ruxsatnoma olgan paytdan yuzaga keladi.
Yer qa'ri uçastkalaridan foydalaniş huquqi tugaganidan keyin ularni rekultivatsiya qiliş hamda kelgusida foydalaniş uçun yaroqli holatga keltiriş yuzasidan çoralar köriş şart.
Ma'lum qilinişiça, tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toşlar bölgan yer qa'ri uçastkalari Özbekiston mulkidir, ulardan oqilona foydalaniş lozim va ular davlat muhofazasidadir.
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toşlarni oltin izlovçilar usulida qazib oliş bu böyiça tegişli ruxsatnoma olgan jismoniy va yuridik şaxslar tomonidan amalga oşiriladi. Ruxsatnoma elektron auksion natijalaridan kelib çiqib Özbekiston fuqarolariga va Özbekistonda röyxatdan ötgan yuridik şaxslarga Davlat geologiya va mineral resurslar qömitasi tomonidan beriladi.
Qazib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toşlarni yaşiriş uşbu faoliyatni amalga oşiriş uçun yer qa'ri uçastkalaridan foydalaniş huquqini tugatiş uçun asos böladi. Qimmatbaho metallarni affinaj qiliş böyiça faoliyat affinaj korxonalari tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oşiriladi.
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toşlardan zargarlik buyumlarini yasaş böyiça faoliyat xabardor qiliş tartibi asosida amalga oşiriladi. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toşlar qazib olinayotganda, işlab çiqarilayotganda, ulardan foydalanilayotganda hamda ular realizatsiya qilinayotganda hisobga olinişi şart.











