“Mamlakatimizda madaniyat va san'at, adabiyot, ommaviy axborot vositalari sohalarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan bir guruh marhum ijodkorlarni mukofotlash to‘g‘risida” prezident farmoni e'lon qilindi.
Hujjat bilan, o‘zining betakror va yorqin ijodiy faoliyati, milliy istiqlol g‘oyasiga sadoqati bilan Vatanimiz mustaqilligining ma'naviy asoslarini mustahkamlash, xalqimiz madaniyatini yuksaltirish, jamiyat hayotida ezgulik va adolat, vatanparvarlik va bag‘rikenglik kabi qadriyatlarni qaror toptirish yo‘lida unutilmas xizmat qilib, avlodlarga qoldirgan boy merosi, sermazmun hayoti va ibratli insoniy fazilatlari bilan el-yurtimiz qalbidan chuqur joy egallagan quyidagi marhum ijodkorlar mukofotlandi:
«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan
Azizov Mirzajon Mamadjonovich – O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor
Aminov Ne'mat – O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi
Asomov Obid Agzamovich – O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, badiiy so‘z ustasi
Ikramova Dildorxon (Dilbar Ikromova) – O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktrisa
Karimov Ergash – O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor
Qodirov Tavakkal – O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, xonanda
Qurbonov Rahmatjon Xudarganovich – O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda
Masudov Fatxulla Husanovich – O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, aktyor
Mirtojiyev Jaloliddin Tursunovich – O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi, haykaltarosh
Nizomov To‘lan (To‘lan Nizom) – O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri
Rahimov Kamoliddin – O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, xonanda
Rahmonov Shavkat Rahmonovich (Shavkat Rahmon) – O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir
Tojiboyev Mahmudjon G‘oziyevich – O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi
Umarbekov O‘lmas Rahimbekovich – O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi
Umarov Faxriddin – O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi
Usnatdinov Sharap – Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq yozuvchisi









