Ijtimoiy tarmoqlarda Söx tuman hokimi Davlat test markazi direktori nomiga yozgan xatning surati tarqaldi. Unda davlat oliy ta'lim muassasalarining bakalavr kunduzgi ta'lim yönalişida söxliklarga ajratilgan grantlardan foydalanib qoliş maqsadida abituriyentlar propiskasini atayin Söxga köçirayotgani haqida söz boradi.
2021/22 öquv yili uçun tasdiqlangan qabul parametrlariga köra, xalq ta'limi va soğliqni saqlaş sohalarida kadrlarga ehtiyoj yuqori bölgan hududlarga grantlar ajratilgan. Şu jumladan, 2021/22 öquv yili uçun Söx tumani yoşlariga OTMdan soğliqni saqlaş sohasiga 17 ta va xalq ta'limi sohasiga 36 ta grant ajratilgan. Bu kvotadan foydalanib qoliş maqsadida Söxda yaşamaydigan abituriyentlar ham doimiy va vaqtinça yaşaş joyini Söx tumaniga köçirgan, deyilgan hokimning DTMga yozgan xatida.
Ta'kidlanişiça, bu yil kiriş imtihonlarida Söx tumanidan 1758 nafar abituriyent qatnaşgan. Söx tumani rahbari öz xatida DTMdan imtiyozlarni boşqa tumanlardan kelganlarga emas, aynan Söx tumani yoşlariga berişni söragan.

Kun.uz masala yuzasidan hokim Saidbahrom Saidmusayev bilan boğlandi. U yuqoridagi maktub haqiqiyligini tasdiqladi.
Saidmusayev boşqa tumanlik abituriyentlar imtiyozdan foydalaniş uçun propiskasini Söxga köçirişga haqli ekanini ta'kidlar ekan, imtiyoz haqiqatan ham söxlik yoşlarga nasib etişi uçun biror çora köriş kerakligini qayd etdi. U abituriyent mazkur imtiyozni olişi uçun oxirgi 5 yilda Söxda yaşagan bölişi kerak, degan talabni kiritiş taklifini bildirdi.
Tuman rahbari propiskasini atayin köçirgan abituriyentlarning taxminiy soni qançaligi haqidagi savolga javoban bu noma'lum ekani, biroq “juda ham köp emas”ligini bildirdi.
Eslatib ötamiz, boşqa sohalarda bölgani kabi, ta'lim maskanlariga qabulda ham köplab imtiyozlar borligi jamoatçilik tanqidlariga sabab bölib keladi.













