27 avgust kuni Toşkentda Özbekiston Ekologik partiyasining 3-qurultoyi bölib ötdi. Kun.uz muxbiri xabariga köra, tadbirda partiya tomonidan prezidentlikka nomzodni tasdiqlaş masalasi körib çiqilgan.
Qayd etilişiça, partiya a'zolari Ekopartiya markaziy kengaşi ijroiya qömitasi raisi Narzullo Oblomurodovni prezidentlik sayloviga nomzod sifatida tasdiqlaşdi.
Bu yil Ekologik partiya “Biz kelajak uçun javobgarmiz” şiori ostida saylovda ilk bor qatnaşmoqda.
Qurultoyda delegatlar saylovoldi dasturi bilan taniştirildi. Nomzodning saylovoldi dasturi bir qator ekologik muammolarni bartaraf etiş, aholining ekologik madaniyatini oşiriş masalalariga qaratilgan.
Xususan, dasturdan “yaşil iqtisodiyot”ni rivojlantiriş, aholini toza içimlik suv bilan ta'minlaş qamrovini kengaytiriş, çiqindilarni qayta işlaşga qaratilgan davlat siyosatini kuçaytiriş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş kabi vazifalar örin olgan.
Qurultoyda delegatlar nomzodning saylovoldi dasturini bir ovozdan ma'qulladi.
Avvalroq “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasidan Özbekiston prezidentligiga Alişer Qodirov nomzodi tasdiqlangandi. 26 avgust kuni u özining saylovoldi dasturini taqdim etgan.













