Ekopartiyaning 27 avgustdagi qurultoyida partiya raisi Narzullo Oblomurodov prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlandi. U tadbirdan söng jurnalistlar savollariga javob berdi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

“Ekologik partiya prezidentlik saylovida munosib iştirok etişni maqsad qilgan. Saylovda eng muhimi – xalqimizning işonçiga kiriş va xalqimizning köproq ovoziga erişiş. Şu boisdan saylovoldi dasturimizdagi barça 7 ta yönalişlar böyiça ham öz işlarimizni amalga oşiramiz.

Biz, albatta, saylovga ğalaba uçun kirib kelyapmiz. Agar kuçimizga, imkoniyatimizga işonmaganimizda, eng muhimi – xalqimizning ekologiyaga e'tiboriga işonmaganimizda, bu qadamlarni qöymagan bölardik”, – dedi Oblomurodov.