29 avgust kuni kunduzi Kobul aeroporti joylaşgan tumanda kuçli portlaş röy berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda portlaş oqibatlari aks etgan videoyozuvlar tarqaldi: uylar ustida quyuq tutun kötarilganini köriş mumkin. Afğoniston Soğliqni saqlaş vazirligi vakili BBC News uçun bergan intervyusida aeroport hududida portlaş röy berganini tasdiqlagan.

RIA Novosti manbasi portlaş raketa zarbasi oqibatida röy berganini ma'lum qilgan. BBC News suhbatdoşi raketa turar joylari hududida portlaş röy bergan. Raketa bir uyga jiddiy şikast yetkazgan va ikki avtomobilni yöq qilgan. Afghanistan times ma'lumotiga köra, portlaş oqibatida 7 kişi halok bölgan, şundan 4 nafari bolalar.
Pentagon amerikalik harbiylar Kobulda raketa zarbasi yöllaganini tasdiqladi. Dron tomonidan uçirilgan raketa «IŞID Xuroson» guruhi a'zosi bölgan xudkuş ötirgan avtomobilni nişonga olgan.
AQŞ tomoni ma'lumotiga köra, bu terrorçi Kobul aeroporti tomon ketayotgan bölgan, u bu yerda navbatdagi teraktni amalga oşirmoqçi bölgan.
«Bizning işonçimiz komilki, raketa nişonga olingan möljalga borib tegdi», degan AQŞ Qurolli kuçlari vakili Amerikaning CBS telekanaliga bergan intervyusida.
«Dastlabki ma'lumotlarga köra, tinç aholi orasida qurbonlar bölmagan. Takroriy portlaşlar şuni körsatmoqdaki, avtomobilda yetarliça köp miqdorda portlovçi moddalar bölgan», deya qöşimça qilgan u.
«Tolibon» vakili ham AP uçun bergan intervyusida AQŞ tomoni xudkuş terrorçining avtomobiliga zarba berganini tasdiqlagan.
- 26 avgust kuni Kobul aeroporti yaqinida bir neçta portlaşlar sodir etildi. Hujum oqibatida 200ga yaqin odam, jumladan 13 amerikalik harbiy halok böldi. Şuningdek, 1,3 mingga yaqin odam jarohatlandi.













