Ular orasida Xorazm viloyati, Urganch tumani, Qumravot mahallasida istiqomat qiluvchi 101 yoshli Bekposhsha Ibragimova ham bor. 

Bolalik va yoshlik yillari urushning og‘ir sinovlari, ocharchilik hamda qatag‘on davriga to‘g‘ri kelgan onaxon bugungi kunda 8 nevara, 20 chevara, 4 evara ardog‘ida umrguzaronlik qilmoqda.

Mustaqillikning 30 yillik bayrami arafasida viloyat hokimi Farhod  Ermanov, davlat va jamoat tashkilotlarining bir guruh  vakillari hamrohligida onaxonga davlat mukofoti topshirildi. 

Bekposhsha momo duoga qo‘l ochib, yuksak e'tibor uchun Prezidentga minnatdorchilik bildirdi, yurt tinchligi, xalq farovonligi uchun duo qildi.