Özbekistonda dam oliş kunlari deb e'lon qilingan 1-5 sentabr sanalarida ham soat 8:00 dan 20:00 ga qadar emlaş tadbirlari davom ettiriladi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lum bölişiça, bayram tantanalari ötkaziladigan joylarda malakali tibbiy xizmat körsatiş böyiça tun-u kun navbatçilik taşkil etiladi.
“Şuningdek, bayram kunlari yurtimizdagi barça davolaş muassasalarida, hududiy oilaviy şifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar, köp tarmoqli markaziy poliklinikalarda belgilangan tartibda bayram kunlari 08:00 dan 20:00 gaça faoliyat körsatadigan şifokor va hamşiralardan iborat navbatçi brigadalar tuzilişi belgilandi. Şoşilinç tibbiy yordam tizimi muassasalari va “tez yordam” xizmati odatdagi tartibda bir maromda uzluksiz işlaydi. Xususan, Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlarda 13 ta filiali, tuman va şahar tibbiyot birlaşmalari tizimidagi barça bölimlari faoliyat körsatadi.
Mamlakatimizdagi epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda emlaş punktlari faoliyati bayram kunlari ham davom ettiriladi”, deyiladi xabarda.












