"Tolibon" harakati va Panjşer viloyatidagi qarşilik kuçlari örtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Bu haqda TOLOnews telekanali harakat vakili Amir Xon Muttaqiyga tayanib xabar berdi.
Qarşilik kuçlari vakillari uşbu xabarga izoh bermagan.
Avvalroq TASS öz manbasiga tayanib qarşilik kuçlari Panjşer ğarbida toliblar hujumini qaytargani haqida xabar qilgandi.
Ötgan haftada Çorikor şahrida milliy qarşilik fronti va "Tolibon" delegatsiyalari örtasida muzokaralar ötkazildi.
Toliblar Afğonistonda hokimiyatni egallaganidan söng Kobuldan şimoli-şarqda joylaşgan Panjşer viloyati qarşilik harakati markaziga aylandi. Bu yerda Ahmad Mas'ud özini qarşilik kuçlari yetakçisi va vodiyni toliblar ta'qibidan qoçganlar uçun işonçli boşpana deb e'lon qildi. Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani BAAga ketgaç, vitse-prezident Amrilla Solih özini vaqtinça prezident vazifasini bajaruvçi deb e'lon qilib, afğonlarni toliblarga qarşi kuraş olib borişga çorladi.
Turli baholarga köra, Panjşerdagi qarşilik otryadlari safida 12 mingdan 15 minggaça jangçi bor. "Tolibon" esa 80 minglik qöşinga ega.

















