Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qodir Allohdan O‘zbekiston xalqining g‘ururini asrashini tilab qolamiz» – Afg‘oniston Islom Amirligi rasmiy vakilining tabriknomasi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga mamlakat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Afg‘oniston Islom Amirligi matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid nomidan tabriknoma keldi. Tabrik matni vazirlik rasmiy sahifasida e'lon qilindi.
«Biz qo‘shni do‘st O‘zbekiston hukumati va xalqini mustaqillikning 30 yilligi bilan tabriklab, eng samimiy tilaklarimizni bildiramiz. Qodir Allohdan O‘zbekiston xalqi va hukumatining yuksak qadr-qimmati va g‘ururini asrashini tilab qolamiz.
O‘zbekiston va Afg‘oniston xalqlarini nafaqat yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari, balki umumiy diniy, madaniy va ma'naviy qadriyatlar birlashtiradi. Bu mushtaraklik mamlakatlarimiz xalqlarini yanada bir-biriga yaqinlashtiradi. O‘zbekiston bilan tinchlik va barqarorlikda, do‘stlik hamda yaxshi qo‘shnichilik ruhida doimiy hamkorlikni amalga oshirishga umid bog‘lab qolamiz», deyilgan Zabihulloh Mujohid tabriknomasida.
E'tiborlisi, ushbu xabarda TIV Zabihulloh Mujohidni «Tolibon» harakati emas, Afg‘oniston Islom Amirligi matbuot kotibi deb atagan.
Mavzuga oid
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026