Özbekistonda temiryöl orqali içki qatnovlarda yuk taşişga buyurtma beriş xizmati raqamli şaklga ötkaziladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-avgustda qabul qilingan 433-son qarori bilan tasdiqlangan “Temiryöl orqali içki qatnovlarda yuk taşiş uçun buyurtmalarni qabul qiliş” davlat xizmati böyiça ma’muriy reglamentda belgilangan.

Yangi tartibga muvofiq, 2026-yil 1 oktyabrdan boşlab tadbirkorlar va boşqa murojaatçilar yuk taşiş uçun buyurtmalarni Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron tarzda rasmiylaştirişi mumkin böladi.

Qarorning asosiy maqsadi davlat xizmatini soddalaştiriş, uning şaffofligi va tezkorligini oşiriş hamda temiryölda yuk taşiş jarayonini raqamlaştirişdan iborat. Yangi reglament xizmat körsatiş tartibi, murojaatlarni qabul qiliş va körib çiqiş mexanizmlarini belgilaydi.