Qömita xabariga köra, Özbekiston 2021 yilning yanvar-avgust oylarida 20ta xorijiy davlatdan qiymati 23,2 mln AQŞ dollariga teng bölgan 17,3 ming tonna çoy import qilgan.

Ötgan yilning mos davri bilan soliştirilganda çoy importi 757 ming AQŞ dollariga oşgan.

2021 yilning yanvar-avgust oylarida Özbekiston çoy mahsulotini eng köp import qilgan davlatlar:

  • Xitoy – 13,5 ming tonna;
  • Keniya – 1,4 ming tonna;
  • Eron – 594,7 tonna;
  • Hindiston – 364,4 tonna;
  • Indoneziya – 358,9 tonna;
  • Şri-Lanka – 291,6 tonna;
  • Vetnam – 289,4 tonna;
  • Rossiya – 237,6 tonna;
  • BAA – 168,0 tonna.

Bundan oldin, Özbekistonga çoy asosan Xitoy va Keniyadan olib kelinayotgani ma'lum qilingandi.