Samarqand viloyati Payariq tumanida maktabni ta'mirlaş rejasiga kiritişini aytib, uning direktoridan 2 600 AQŞ dollari olgan Xalq ta'limi vazirligi mas'ul xodimiga sud hukmi öqilgan. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Xalq ta'limi mas'ul xodimi ilgari sodir etgan jinoyati uçun sudlanib, iş haqining 30 foizi miqdorini davlat daromadi hisobiga uşlab qolgan holda 3 yil muddatga axloq tuzatiş işlari jazosini ötagan. Ammo belgilangan jazodan yetarliça xulosa çiqarmasdan yana jinoyatga qöl urgan. Jumladan, xodim xizmat vakolatiga kirmasa-da, 2019 yil sentabr oyida Davlat dasturi asosida ta'mirlaş rejasiga kiritilgan maktablar röyxatida Payariq tumanidagi maktabning ham borligini bilgaç, maktab direktoriga xarajatdan qoçmasa, maktabini ta'mirlaş rejasiga kiritib berişni va'da qilgan.

Şundan söng maktab direktori talab qilingan 1 300 dollarni mas'ul xodimga bergan. Xodim esa pulni öz ehtiyoji uçun sarflab yuborgan. Bu orada maktabga dastur asosida ta'mirlaş uçun pul ajratilib, töliq ta'mirdan çiqarilgan. 2020 yil iyul oyi boşida mazkur xodim uşbu maktabga inventar jihozlar ajratiş dasturga kiritilganidan xabar topib, direktorga yana 1300 dollar bersa, yordam qilişini aytgan. Direktor S.Xolmatova bu taklifga ham rozi bölgan.

Qayd etilişiça, oradan ma'lum vaqt ötgandan söng maktab direktori aldanganini bilib qolib, bu haqda huquqni muhofaza qiluvçi idoraga ariza bilan murojaat qilgan. Murojaat asosida vazirlik xodimiga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. Sud majlisida mas'ul xodim aybiga iqror bölib, tergov davrida yetkazilgan zararni jabrlanuvçiga qoplab berganini bayon qilgan va suddan yengillik berişni söragan.

Ta'kidlanişiça, Jinoyat işlari böyiça Payariq tumani sudida bölib ötgan sud majlisida sudya ayblanuvçining aybiga iqrorligi, yetkazilgan zararni töliq qoplaganini jazoni yengillaştiruvçi holat deb topgan. Şuningdek, jinoyatni ğarazli va past niyatlarda sodir qilganini jazoni oğirlaştiruvçi holat deb hisoblagan. Unga tayinlangan axloq tuzatiş işlari va muayyan huquqdan mahrum qiliş jazolarining ötalmay qolgan qismini qisman qöşiş yöli bilan 1 yil 6 oy muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida işlaş huquqidan mahrum qiliş va iş haqining 20 foizi miqdorini davlat daromadi hisobiga uşlab qolgan holda 2 yil 1 oy muddatga axloq tuzatiş işlari jazosi belgilangan.