Berdaq hamda Şifokorlar köçalari kesişmasida joylaşgan svetoforlar ta'mirlaşdan keyin işlay boşlagan. Avvalroq mobil muxbir Amudaryoda sifatsiz benzin sotilayotgani haqida xabar bergandi.
Oldinroq #Kunmobilmuxbiri Amudaryodagi eng katta çorrahada ikki kundan beri svetofor işlamayotgani haqida xabar bergandi. Amudaryo tumani hokimligi holat yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.
Ma'lum bölişiça, tumandagi Berdaq hamda Şifokorlar köçalari kesişmasida joylaşgan svetoforlar ta'mirlaş işlari olib borilişi tufayli ikki kun işlamay qolgan.
Ta'kidlanişiça, işlar olib borilişi haqida ijtimoiy tarmoqlarda e'lon berilgan. Kun.uz muxbiri hokimlikka tegişli ikkita telegram kanalni közdan keçirganda negadir bu e'lon topilmadi.
Qöşimça qilinişiça, ta'mirlaş işlari yakuniga yetkazilgaç, svetoforlar işga tuşirilgan. Yölda harakatlanişda kelib çiqayotgan barça muammolar bartaraf etilgan.
Eslatib ötamiz, bir neça kun oldin #Kunmobilmuxbiri Amudaryo tumanidagi avtomobillarga yonilği quyiş şoxobçalarida sifatsiz benzin sotilayotgani haqida xabar bergandi.












