Yöl harakatini taşkil etiş markazi mutaxassislari Buyuk ipak yöli köçasining «Töra Buva» masjididan Salom köçasigaça bölgan qismida joylaşgan 13 ta çorrahadagi svetoforlarning özaro muvofiq işlaşini ta’minlab, «Yaşil tölqin» tizimini işga tuşirdi.

Ma’lum qilinişiça, tizim ertalabki tirbandlik vaqtida şahar markazi tomon harakatlanayotgan transport oqimi uçun, keçqurun esa qarama-qarşi yönalişda işlaydi.

Svetoforlar faoliyatining sinxronlaştirilişi natijasida mazkur yönaliş böylab harakatlaniş vaqti sezilarli darajada qisqargan. Xususan, «Töra Buva» masjididan Salom köçasigaça bölgan masofani bosib ötiş vaqti örtaça 8,5 daqiqadan 6 daqiqagaça, ya’ni 29 foizga kamaygan.

Qarama-qarşi yönaliş - Salom köçasidan «Töra Buva» masjidigaça bölgan qismida esa safar vaqti 10 daqiqadan 8 daqiqagaça, ya’ni 20 foizga qisqargan.

Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, «Yaşil tölqin» tizimidan samarali foydalaniş uçun haydovçilar Yöl harakati qoidalariga amal qilişi va belgilangan 40–60 km/soat tezlikda harakatlanişi lozim. Ana şunday holda çorrahalardan qizil çiroqda deyarli töxtamasdan ötiş imkoniyati yaratiladi.

Ayni paytda Yöl harakatini taşkil etiş markazi Toşkent şahrining aqlli svetoforlar örnatilgan boşqa köçalarida ham «Yaşil tölqin» tizimini bosqiçma-bosqiç joriy etiş böyiça hisob-kitob va loyihalaş işlarini olib bormoqda.