Özbekiston Respublikasining Gruziyadagi favqulodda va muxtor elçisi (qarorgohi Boku şahrida) Bahrom Aşrafxonov Gruziya prezidenti Salome Zurabişviliga işonç yorliqlarini topşirdi.

Suhbat çoğida Gruziya prezidenti Salome Zurabişvili Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevga eng yaxşi tilaklari va niyatlarini yetkazişni söradi, deyiladi TIV ma'lumotida.

Bahrom Aşrafxonov 2020 yil aprel oyi örtalarida Özbekistonning Ozarboyjondagi elçisi lavozimiga tayinlangandi. 

Bahrom Aşrafxonov 1969 yilda tuğilgan, 1993 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1994 yilda Amerika Qöşma Ştatlari Kentukki universitetini xalqaro valuta-kredit munosabatlari, davlat moliyasi mutaxassisligi böyiça tamomlagan.

U 2005-2007 yillarda Moliya vazirining birinçi örinbosari, 2007-2016 yillarda Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Ğaznaçiligi boşliği – Moliya vaziri örinbosari bölgan.

2016-2018 yillarda Özbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi favqulodda va muxtor elçisi sifatida faoliyat körsatgan. 2018-2019 yillarda «Özbekneftgaz» AJ boşqaruv Raisi vazifasini bajaruvçisi bölgan.

2019 yil fevralidan 2019 yil sentyabrigaça Özbekiston Respublikasi Moliya vazirining ijtimoiy soha masalalari böyiça örinbosari lavozimida işlagandi.

Bahrom Aşrafxonov 2019 yilning sentyabrida Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamğarmasining ijro etuvçi direktori lavozimiga tayinlangandi. U 2020 yilning 30 martida bu lavozimidan ozod etilgandi.