Çirçiqdagi xaroba bino miş-miş ortidan maşhur bölib ketdi
|16:09 / 08.09.202140 1833 min
Çirçiq şahridagi sobiq mehmonxona va texnikum binosi 85 yil oldin qurilgan. Bino buzilişi haqida xabar tarqalgaç, uning öziga xos me'moriy qiyofasi va ayni paytda xaroba ahvoldaligi internet foydalanuvçilarining e'tiborini tortdi. Kun.uz muxbiri Çirçiqda bölib, masalaga oydinlik kiritdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent viloyatidagi sobiq Canoat-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji binosi buzilişi haqida xabar tarqaldi va bu jamoatçilik muhokamasiga sabab böldi. Foydalanuvçilar obektni sobiq “Çirçiqsoy” yoki “Çirçikstroy” mehmonxonasi deb ataşmoqda.
Ma'lum bölişiça, Çirçiq şahar Zakovat köçasida joylaşgan uşbu bino hozirda hujjatlarda “sobiq texnikum bino va inşooti” deb yuritiladi. Majmuaning umumiy yer maydoni bir yarim gektardan ortiq. Obekt 1935-1936 yillarda qurilgan.
Çirçiq şahar hokimligi axborot xizmati rahbari Faxriddin Qodirovning aytişiça, bino tarixiy obida sanaladi va uning buzilişi haqidagi xabar – feyk.
“Obektning buzilişi yoki qayta qurilişi böyiça heç qanday rasmiy qaror qabul qilinmagan. Prezidentning 29 apreldagi qarorida bino Boks federatsiyasiga berilişi aytilgan. Ular obektni ta'mirlab, respublika miqyosidagi professional boksçilarni yetiştirib çiqaradigan katta boks maktabi oçişlari möljallangan.
Faxriddin Qodirov
Hali hujjatlaştiriş işlari davom etmoqda va ular binoni özlarining hisobiga rasmiy ötkazib, iş boşlaganlari yöq. Obekt hozirgi kunda Çirçiq şahar hokimligi balansida turadi. Hokimlik uni heç kimga sotgani yoki taqdim qilgani ham yöq”, – dedi hokimlik vakili.
Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspertlar kengaşi a'zosi Akmal Ölmasovning aytişiça, bino noyob me'moriy uslub va badiiy-estetik jihatdan öziga xos. Şu bilan birga, u tarixiy ahamiyatga ega. Mutaxassis tavsiyasiga köra, binoning taşqi va içki fasadini restavratsiya qiliş va uni galereyaga aylantiriş orqali madaniy meros obekti röyxatiga kiritiş mumkin.
Bino joylaşgan hudud – “Hamza” MFY raisi Bahodir Ğaniyev obektning tarixi haqida bilganlarini sözlab berdi.
Mavzuga oid
Bahodir Ğaniyev
“Bu bino oldingi davrda texnikum bölganini bilaman. Köp odamlar öqir edi. Bobom ham öşa yerda öqiganlar. Keyin kollej boşqa binoga köçib ötdi va bu obekt qarovsiz qolib ketdi. Hozirda ahvoli yaxşi emas. Köp narsalari öğirlab ketilgan. Har doim obodonlaştiriş işlari bajarib turiladi. Lekin buziladi, degan gap yöq.
Agar bino ta'mirlanib çiroyli holatga keltirilsa, albatta, atrofidagi odamlar xursand bölişadi. Bu bino bir paytlar mahallaning körki bölgan. Bunday noyob tarixiy obektlar kam”, – deydi mahalla raisi.
Ma'lum bölişiça, bino 2015 yil 4 iyunda Çirçiq şahar hokimligi balansiga ötkazilgan. Uning kelgusi taqdiri haqida hozirça aniq bir narsa deyiş qiyin.