“Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov jurnalistlarga bergan intervyusida “Milliy tiklaniş” partiyasi ularning 3 ta taşabbusini köçirib olganini aytdi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri. Ma'lum qilinişiça, partiya saytida bunga raddiya ham berilgan.
“Bu masala bilan biz köp yillardan beri şuğullanamiz. “Milliy tiklaniş” partiyasi birinçi çiqdi va e'lon qildi, degan gap notöğri. Sababi bu 3 ta taşabbus (sudlarni birlaştiriş, JIEM Içki işlar vazirligidan Adliya vazirligiga ötkazilişi, Tergov qömitasini taşkil etiş – tahr.) “Adolat” SDPning 2019 yildagi dasturida bor.

“Milliy tiklaniş”ning munosabatidan keyin biz masalani qayta örgandik. Aniqlanişiça, bu masalalar “Adolat” dasturida öşa paytda ham bölgan. Lekin “Milliy tiklaniş”niki bu şaklda bölmagan. Endi hozir saytdagiga işora qilinyapti. Şu nuqtayi nazardan biz çiqargan maqolamizni töğri deb hisoblaymiz.
Undan taşqari, agar şak-şubha bölsa, ekspert guruhini tuzamiz. Mana jurnalistlar guvohligida: kim haq, kim nohaq ekanini aniqlab olamiz. Yozgan maqolamizdagi faktlardan orqaga qaytmaymiz. Uni yozayotgan davrimizda ham tekşirdik. Kelinglar, şu masalani ekspert guruhini şakllantiramiz-da, hal qilamiz”, dedi partiya rahbari 8 sentyabr kuni “Adolat” SDP qurultoyidan söng OAV vakillari bilan suhbatda.
Şuningdek, jurnalistlardan birining Alişer Qodirov bilan sizning örtangizda debat bölib ötişini kutsak böladimi, degan savoliga Bahrom Abduhalimov: “Debatni hamma bilan kutiş mumkin. Şu jumladan, Alişer Qodirov bilan ham”, – deya javob berdi.












