Facebook kompaniyasi közoynaklar işlab çiqaruvçi Ray-Ban kompaniyasi bilan birga tarixdagi ilk “aqlli” közoynak – Stories’ni taqdim qildi. Közoynak narxi 299 dollarni taşkil qiladi.
Ray-Ban Stories közoynagi AQŞ, Britaniya, Italiya, Avstraliya, Irlandiya va Kanadada 9 sentyabrdan sotuvga çiqarilgan. Uning qolgan davlatlar bozoriga çiqarilişi muddatlari hali ma'lum qilinmagan.
Közoynak öz gardişiga örnatilgan ikkita 5 Mpli kamera bilan jihozlangan. Közoynakda kameralar surat yoki 30 soniyagaça davom etuvçi videoni oliş vaqtida atrofdagilarni bundan ogohlantiruvçi yoruğlik-diodli indikator yonadi. Közoynak bandlariga musiqa eşitiş va ovozli qönğiroqlarni amalga oşirişga imkon beruvçi kiçik ölçamli karnay va mikrofonlar örnatilgan. Qurilmaning texnik körsatkiçlari oşkor qilinmagan, biroq u Snapdragon protsessori bilan jihozlangani ma'lum.
Ray-Ban Stories suratga olişni boşlaş uçun tugmaçaga ega va Facebook Assistant ovozli buyruqlarini qöllab-quvvatlaydi. Qurilma yordamida olingan foto va videolar bilan işlaş uçun Android va iOS operatsion tizimlarida işlovçi smartfonlar uçun Facebook View dasturi közda tutilgan.
Ta'kidlanişiça, “smart” közoynaklar turli linza va gardişlar bilan birga 20 xil variantda savdoga çiqariladi.












