Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani hamda Toşkent şahrining Çilonzor tumanida pandemiya şaroitida talab yuqori bölgan dori vositalarini qimmat narxlarda sotgan şaxslar uşlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti ma’lum qildi.

Departamentning Oqoltin tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.U. va boşqalar pandemiya şaroitida talab yuqori bölgan dori vositalarini qimmat narxlarda sotib daromad orttiriş maqsadida 121 dona «Remdesivir» nomli dori vositasini 6 800 AQŞ dollariga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Şuningdek, Departamentning Çilonzor tumani bölimi hamda DXXning Toşkent şahar boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.M. va boşqalar 129 dona «COVIFOR» nomli dori vositasini 6 700 AQŞ dollariga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan taşqarida realizatsiya qiliş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Avvalroq, Piskent tumani va Şirin şahrida talab yuqori dori vositalarini yuqori narxda sotayotgan şaxslar uşlangani ma’lum qilingan edi.