Toşkent şahar bojxona boşqarmasining Kontrabandaga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari Milliy xavfsizlik xizmati hamda davlat soliq inspeksiyasi xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida muqaddam aylanma yöllar orqali olib kirilgan, inson asab tizimiga kuçli ta'sir qiluvçi “Tramadol” va “Lirika” dori vositalarining oldi-sotdisi bilan şuğullanuvçi şaxslarning faoliyatiga çek qöyişdi. Bu haqda “Xalq sözi” naşri xabar bermoqda.
Poytaxtning Çilonzor tumanidagi avtoturargohlarning birida fuqaro D. Ahmedov (materialdagi barça ism-şariflar özgartirilgan) 300 ta konvalyutadagi, jami 3000 dona “Tramadol” dori vositasini 5 mln. 700 ming söm evaziga noqonuniy ravişda sotayotgan vaqtda qölga olindi.
Şuningdek, Uçtepa tumanida olib borilgan tezkor tadbir davomida fuqaro J. Niyozov 288 dona “Lirika” dori vositasini 4 mln. sömga pullamoqçi bölgan paytda qölga tuşdi.
Uşbu holatlar böyiça huquqbuzarlarga nisbatan xolislar iştirokida tegişli protsessual hujjatlar rasmiylaştirilib, tadbir davomida aniqlangan “Tramadol” va “Lirika” dori vositalari aşyoviy dalil sifatida olib qöyildi.
Hozir tekşiruv işlari davom ettirilmoqda.












