Talab yuqori dori vositalarini Piskent tumanida 23 ming, Şirin şahrida 3 ming AQŞ dollariga sotayotgan şaxslar uşlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti ma'lum qildi.
Departamentning Piskent tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, pandemiya şaroitida talab yuqori bölgan dori vositalarini qimmat narxlarda sotişni rejalaştirgan B.T., R.T. va Ş.N. ismli fuqarolar 399 quti “Sovifor 100 mg” (Remdesivir), 1 820 quti “Stoper 2 mg”, 13 quti “Kleksan 0.8ml” va 50 quti “Imudon” dori vositalarini jami 23 ming dollarga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan. Ekspertiza xulosasiga köra, uşbu dori vositalarining umumiy bahosi 185,3 mln sömni taşkil etgan.
Şuningdek, Departamentning Şirin şahar bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, Ş.B. va D.B. ismli fuqarolar özaro til biriktirib, 50 quti “Covifor” (Remdesivir), 5 quti “Actemra 400 mg/20ml” dori vositalarini jami 3 ming dollar va 2,7 million sömga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan taşqarida realizatsiya qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Avvalroq, Toşkent viloyatining Zangiota va Yaşnobod tumanlarida pandemiya şaroitida talab yuqori bölgan dori vositalarining qimmat narxlara sotayotgan şaxslar uşlangani ma'lum qilingan edi.
















