Şveytsariyada Ernst & Young auditorlari Zeromax kompaniyasiga “toza” deya audit xulosasini bergani böyiça sud jarayonlari ketmoqda. Bu haqda Financial Times suriştiruvida söz boradi.

Ernst & Young – konsalting va auditorlik xizmatlari böyiça dunyodagi eng nufuzli “katta törtlik” kompaniyalaridan biri. Kompaniyaning Şveytsariyadagi bölinmasi Zeromax konglomeratining 2005, 2006 va 2007 yillardagi moliyaviy hisobotlariga “toza” (clean bill of health) audit xulosasini bergan.

Biroq, FT qölga kiritgan ma’lumotlar bu xulosalarni şubha ostiga oliş uçun asoslar borligini körsatadi.

Xususan, millionlab dollarlik zargarlik buyumlari xaridlari va şubhali ofşor kompaniyalarga haydalgan pullar auditorlar uçun jiddiy signal böla olmagani aytilmoqda.

Bankrotlikka uçragan kompaniya kreditorlari sud orqali auditorlardan yetkazilgan zararni qoplaşni talab qilmoqda.

Zeromax biznes imperiyasi

Zeromax 1999 yilda AQŞning Delaver ştatida röyxatga olingan. Kompaniya 2005 yilda doimiy manzilini Şveytsariyaning Tsug kantoniga köçirgan va buni Özbekistonga investitsiya kiritiş maqsadi bilan izohlagan.

Darhaqiqat, öşa yildan boşlab Zeromax Özbekistonda biznes imperiyaga aylana boşlagan: konglomerat töqimaçilikdan tortib tabiiy gaz sanoatigaça bölgan öndan ortiq tarmoqlarda aktivlarni qölga kiritib, mamlakatdagi eng yirik iş beruvçi darajasiga çiqqan. Muayyan davrda Özbekiston YaIMning 10 foizgaça bölgan qismi birgina şu Zeromax tizimiga töğri kelgan.

Biznes imperiya 2010 yilda, Özbekistondagi oliy hokimiyat içida yuz bergan içki kuraşlar fonida faoliyatini töxtatgan, mol-mulki davlat foydasiga musodara qilingan va hisob raqamlari muzlatilgandi. Kompaniyani boşqargan, xalq orasida Odilboy nomi bilan maşhur bölgan Mirodil Jalolov esa öşa yilning sentabr oyida qamoqqa olingandi.

Ma’lumotlarga köra, Zeromax tugatilganida uning zimmasidagi qarz 6,1 mlrd dollardan ortiq bölgan. 6,1 mlrd dollarlik qarz bilan tanazzulga uçraş – Şveytsariya tarixidagi ikkinçi eng yirik bankrotlik holati demakdir.

1 mlrd dollarlik da’vo

Financial Times işga aloqador önlab hujjatlar, jumladan politsiya xulosalari, korporativ bank ma’lumotnomalari, xizmat yozişmalari, kvitansiyalar va ayni paytda davom etayotgan sud jarayonlaridagi da’volar bilan tanişgan. Bu ma’lumotlardan körinişiça, Ernst & Younğning Şveytsariyadagi bölinmasi Zeromax'ning 2005, 2006 va 2007 yillardagi moliyaviy hisobotlarini “toza” deya baholagan.