3 dekabr kuni Şveytsariya federal apellyatsiya sudi Gulnora Karimovani Gibraltar ofşor hududida röyxatdan ötgan Takilant Ltd. kompaniyasining huquqiy egasi deb topiş töğrisidagi arizani qanoatlantirdi. Uşbu kompaniyaning Şveytsariya banklari hisob-raqamidagi qariyb 350 million dollar miqdoridagi aktivlari 2018 yili qabul qilingan jinoyat işi qarori bilan muzlatilgandi.

Bloomberg xabariga köra, jinoyat işi doirasida faqat B. (sud jinoyatçining ism-şarifini oşkor etmagan) aybli deb topilgan. U hujjatlarni soxtalaştiriş, noqonuniy daromadlarni legallaştiriş, Karimova nomidan oçilgan kompaniyalar orqali poralar olişda aybdor deb topilgan.

«Bu Gulnora Karimova uçun muhim ğalaba, federal prokuratura (Şveytsariyada – tahr.) uning aktivlarini musodara etişga erişmoqçi edi», – degan Karimovaning advokati Greguar Manja.

Karimova Özbekistondagi iqtisodiy jinoyatlari uçun 2015–2020 yillarda uç marta sudlangan. 2020 yil martida unga 13 yil-u 4 oy qamoq jazosi tayinlangan. Jinoyat qonunçiligi normalariga muvofiq hamda bir neça jinoyat va hukmlar majmuyi böyiça jazo tayinlanganini inobatga olgan holda, jazo muddatini 2015 yil 21 avgustdan boşlab hisoblaş belgilangan.

2020 yil mayida Özbekiston hukumati Fransiyadan 10 million AQŞ dollari miqdoridagi aktivlarni qaytarib olgandi. Boş prokuratura Şveytsariya federal prokuraturasi bilan hamkorlikda ekspertlarni jalb qilgan holda Gulnora Karimovaning Jyeneva şahrida joylaşgan villasida ötkazilgan tintuv vaqtida aniqlangan va xatlangan 70 turdagi san'at aşyolari (kartinalar, amaliy san'at va hunarmandçilik asarlari va hokazolar)ning Özbekistonga qaytarilişi böyiça işlar olib borilayotganini bildirgandi.

Iyun oyida esa Gulnora Karimova tomonidan jinoiy yöl bilan orttirilgan 1,3 milliard AQŞ dollaridan ortiq miqdordagi mulklarni qaytariş böyiça Şveytsariya, AQŞ, Fransiya, Rossiya kabi davlatlar bilan hamkorlikdagi işlar davom etayotgani töğrisida xabar berilgandi