«Tolibon» vakili Vardak Al-Hanafiy Afğoniston yangi hukumati rahbari örinbosari mulla Abdul Ğani Birodar halok bölgani haqidagi xabarni rad etdi.

«Mulla Birodar Oxundning halok bölgani haqidagi xabarlarda zarraça haqiqat yöq. Bu duşmanning yolğon xabari», — deb yozdi Al-Hanafiy Twitter’da.

Keyinroq toliblar siyosiy ofisi matbuot kotibi Muhammad Naim Twitter’da mulla Birodarning ovozi yozilgan audiomurojaatni joylaştirdi.

«Töqnaşuv oqibatida yaralanganim yoki halok bölganim haqidagi barça gaplar yolğon va mutlaqo asossiz», — degan mulla Birodar. 

Duşanbaga ötar keçasi qator ommaviy axborot vositalarida mulla Birodar toliblar guruhlari örtasida kelib çiqqan nizo çoğida halok bölgani haqida xabarlar tarqaldi. Xabarlarda aytilişiça, nizo Birodar va Anas Haqqoniy tarafdorlari orasida kelib çiqqan.

Toliblarning madaniyat böyiça qömitasi a'zosi Inomulla Samanganiy bu gap-sözlarni asossiz deb aytdi.