«Hozirda kumuşdan quyma uslubda tayyorlanadigan uzuklarga talab yuqori. Çunki kumuşning organizmga ham foydasi katta. Uzuklarga köz qöyişda xaridorlarning talab va istagiga qarab, özlari xoxlagan turidan qöyamiz. Ayni vaqtda 12 nafar şogird tayyorlayapman. Ikki-uç oydan söng ular ham zargar bölişadi. Zargarlarimiz köpayib, özimizda tayyorlanganidan söng xorijdan olib keliş ham kamayadi. Uyda işsiz ötirgan ayollarimiz ham bu hunarni örganib daromad olişlari mumkin», deydi Ra'no Yeşimbetova.

Quyma uslubda uzuk tayyorlaş Özbekistonning Farğona, Andijon va Namangan viloyatlarida rivojlangan. Bunday uzuklarning 5-6 soatda tayyorlaş mumkin. Hozirda texnologiyalar rivojlangani tufayli maxsus uskunalar yordamida 5-6 soatda ikki yuztagaça tayyorlaş mumkin.

Filigran uslubi esa Buxoro viloyatida saqlanib qolgan. Bu uslubdagi uzuklar murakkab uslubda, bir oygaça bölgan davrda qöl mehnati orqali tayyorlanadi. Şuning uçun bu uzuklarning narxi ham yuqori. Uning asosiy xaridorlari turistlar hisoblanadi.