«Yurtimizga AstraZeneca vaksinasining yana bir partiyasi Polşadan olib kelindi», deyiladi SSV xabarida.

Ma'lum qilinişiça, Toşkent aeroportiga 252 ming doza AstraZeneca vaksinasi yuklangan samolyot kelib qöngan.

Bunga qadar uşbu vaksinadan Özbekistonga:

  • 17 martda 660 000 doza;
  • 16 iyunda 50 000 doza;
  • 14 avgustda 276 480 doza;
  • 11 sentyabrda 356 000 doza keltirilgandi.

Şunday qilib, Özbekistonga keltirilgan jami vaksina 24 254 540 dozani taşkil qilmoqda. 

Şundan: 

  • 1 594 480 dozasi AstraZeneca,
  • 18 000 000 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
  • 460 000 dozasi Sputnik V, 
  • 3 000 060 dozasi Moderna,
  • 1 200 000 dozasi Pfizer/BioNTech vaksinasidir.