Özbekiston Şarda Universiteti har bir talaba uçun jahon talablariga javob beradigan ta'lim beriş standartiga muvofiq taşkil etilgan. Uşbu universitet Yevrosiyo talabalari uçun darvoza bölişi közda tutilgan Özbekistondagi birinçi mustaqil xususiy universitetdir. Özbekiston Şarda Universiteti talabalari Hindistonning haqiqiy global universiteti bölgan Şarda merosini 85dan ortiq mamlakatdan kelgan 27% talabalar bilan bölişadilar; yillar davomida Osiyodagi yetakçi ta'lim, tadqiqot va innovatsiya markazlaridan biriga aylandi.

Özbekiston Respublikasi Andijon şahrida joylaşgan Özbekiston Şarda Universiteti (SUUz) — Özbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan taşkil etilgan birinçi mustaqil xususiy oliy öquv yurtidir.
Universitetda törtta fakultet mavjud, ular asosiy fanlar fakulteti, muhandislik va texnologiya fakulteti, menejment fakulteti, gumanitar fanlar fakulteti. Universitet tomonidan taqdim etiladigan yönalişlar quyidagiça;
- Texnologiya bakalavr darajasi (Informatika va muhandislik)
- Biznes Boşqaruvi bakalavr darajasi
- Amaliy Ingliz Tili böyiça bakalavr darajasi
Özbekiston Şarda Universiteti (SUUz)da 400 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. Universitet talabalarga ingliz tilini biliş darajasi / akademik / va şu kabi boşqa yutuqlariga qarab munosib nomzodlarga 100% gaça grant taklif qiladi. Fakultet a'zolari — bu ilmiy darajadagi yutuqlarga intiladigan va talabalarni jahon iqtisodiyotining murakkab talablariga, şuningdek, özgaruvçan global iqtisodiyotning qiyinçiliklariga javob berişga tayyorlaydigan ikki tomonlama vakolatli akademiklar va sanoat mutaxassislaridir. Universitetimiz turli mamlakatlarda iş tajribasiga ega, kitoblar, xalqaro jurnallarda ilmiy maqolalar yozgan, xalqaro konferensiyalarda ma'ruzalar qilgan, doktorlik ilmiy darajalariga ega malakali öqituvçi-professorlardan iborat.

Özbekiston Şarda Universiteti (SUUz) dunyoning 250 dan ortiq universitetlari va muassasalari bilan hamkorlik aloqalariga ega. Universitetda "Iş va sayohat dasturi" mavjud bölib, unda talabalar uşbu dasturdan foydalangan holda xorijiy davlatlarga taşrif buyurişlari mumkin. Universitet talabalarga nafaqat eng yaxşi könikmalarni berişga, balki ijobiy öquv tajribasini amalga oşirişga ham intiladi.
Özbekiston Şarda Universiteti 2020 va 2021 yillarda Andijon viloyati Xalq ta'limi boşqarmasi bilan birgalikda Fan Olimpiadasini muvaffaqiyatli ötkazdi va unda 272 nafar talaba qatnaşdi. Talabalar Özbekiston Şarda Universitetida tahsil oliş uçun 100%, 75% va 50% grantlarni qölga kiritdilar.

















