Naşr ularni bir neçta toifa, jumladan “Titanlar”, “Novatorlar”, “San'at arboblari”, “Yetakçilar”, “Kaşfiyotçilar” va “Kumirlar” böyiça taqsimlab çiqqan. Röyxat iştirokçilari reytingi baholanmagan.
“Yetakçilar” toifasidan joriy yilda Jahon savdo taşkiloti rahbari Ngozi Okonjo-Iveala, Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, Italiya va Isroil boş vazirlari Mario Dragi va Naftali Bennet, AQŞning kasalliklarni nazorat qiliş va oldini oliş markazlari rahbari Roşel Valenski, Salvador prezidenti Nayib Bukele va “Tolibon” vakili, Afğoniston hukumati rahbari örinbosari Abdulğani Birodar örin olgan. Şuningdek, ikkinçi yil qatorasiga uşbu toifaga Xitoy raisi Si Tszinpin, AQŞ prezidenti Jo Bayden, AQŞning sobiq prezidenti Donald Tramp, Hindiston boş vaziri Narendra Modi, AQŞ vitse-prezidenti Kamala Harris kirgan.
“Titanlar”dan Apple boş direktori Tim Kuk, sport gimnastikasi böyiça 4 karra Olimpiya çempioni, amerikalik Simona Baylz, AQŞning eng köp unvonlarga ega ayol yengil atletikaçisi Ellison Feliks va boşqalar joy olgan.
“Novatorlar” toifasiga qöşiqçi Billi Ayliş, Jorj Floyd oilasining advokati Ben Kramp, Xalqaro energetika agentligi rahbari Fatix Birol, keniyalik faol Fillis Omido va boşqalar kiritilgan.
Jurnal “San'at arboblari” toifasiga aktyor Omar Si, aktrisalar Skarlett Yoxansson va Keyt Uinslet, “Eng yaxşi rejissyor” yönalişida “Oskar” mukofotini qölga kiritgan ilk osiyolik ayol Xloya Çjao va boşqalarni kiritgan.
“Kumirlar”dan Britaniya şahzodasi Harri va uning rafiqasi Megan Markl, ayol tennisçi Naomi Osaka, rossiyalik muxolifatçi Aleksey Navalniy va boşqalar joy olgan.
“Kaşfiyotçilar” toifasiga SpaceX asosçisi Ilon Mask, Nvidia kompaniyasi boş direktori Jyensen Xuang, General Motors Company boş direktori Meri Barra va boşqalar kiritilgan.

















