“Bank rahbariyati Doing Business hisobotini e'lon qilişni töxtatişga qaror qildi. Kelgusida işbilarmonlik va investitsion muhitni baholaşga yangiça yondaşamiz”, deb aytilgan bank xabarida.

Bunga bir neça yil davom etgan içki tekşiruv sabab böldi. Tekşiruv xulosalariga köra, XVJning amaldagi taqsimlovçi direktori Kristalina Georgiyeva Jahon banki ijroçi direktori bölib işlagan vaqtida reytingni tuzuvçilarga bosim ötkazib, reytingda Xitoyni yuqori öringa kötarişni maqsad qilgan.

Aniqlanişiça, 2018 yilgi reytingda Xitoyning, 2020 yilda Saudiya Arabistonining körsatkiçlari aslidagidan yuqori qilib körsatilgan, Ozarboyjonning bahosi esa sun'iy ravişda pasaytirilgan.

Xulosada aytilişiça, reytingga uşbu özgarişlar Jahon bankining sobiq rahbari Jim Yon Kim, Xalqaro valuta jamğarmasining hozirgi rahbari Kristalina Georgiyeva va reyting asosçilaridan biri Simeon Dyankovlarning bosimi ostida kiritilgan.

Tekşiruvlar yakuniga köra heç kimga nisbatan ayblov ilgari surilmagan.

Doing Business reytingida 190 ta davlatda biznes oçişning soddaligi, soliqlar tölanişi, qurilişga ruxsat oliş, elektr tarmoqlariga ulaniş, xalqaro savdo, kreditlaşni jalb qiliş, bankrotlik jarayonini tartibga soliş va boşqa mezonlar böyiça biznes-muhit baholab kelingan.

Oxirgi e'lon qilingan Doing Business 2020 reytingida Özbekiston 69-örinni egallagandi.