O‘zbekiston | 08:06 / 17.09.2021
1433
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun O‘zbekistonda quruq ob-havo saqlanib turadi

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda quruq ob-havo saqlanib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimolda ba'zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. 

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, havo harorati 32-37 daraja issiq atrofida bo‘ladi, Ustyurtda harorat 28-28 daraja issiqqacha pasayadi.

Poytaxtda havo quyoshli bo‘ladi. Havo harorati 34-36 daraja issiq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 27-32 daraja issiqni tashkil etadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid