“Bank rahbariyati Doing Business hisobotini e'lon qilişni töxtatişga qaror qildi. Kelgusida işbilarmonlik va investitsion muhitni baholaşga yangiça yondaşamiz”, deb aytilgan bank xabarida.
Jahon bankida ta'kidlanişiça, uşbu qaror 2020 yil iyunda avvalgi reytinglarni tayyorlaşda yöl qöyilgan xatolar haqida ma'lumotlar paydo bölgani sababli qabul qilingan. Bank ötgan yil avgustda navbatdagi reytingini e'lon qilişni xatolar tufayli töxtatgan. “Biz olingan natijalar asosida harakat qilamiz va xatolar tufayli eng köp jabr körgan davlatlar ma'lumotlariga töğrilaşlar kiritamiz”, deb aytilgan bankda.
Şundan keyin oxirgi beşta hisobot tahlil qilingan. Uning natijasida Doing Business -2018 va Doing Business-2020 hisobotlarida ma'lumotlar özgarişiga taalluqli bir qator qoidabuzarliklar aniqlangan.
Reytingda 190 ta davlatda biznes oçişning soddaligi, soliqlar tölanişi, qurilişga ruxsat oliş, elektr tarmoqlariga ulaniş, xalqaro savdo, kreditlaşni jalb qiliş, bankrotlik jarayonini tartibga soliş va boşqa mezonlar böyiça biznes-muhit baholangan.
Oxirgi e'lon qilingan Doing Business 2020 reytingida Özbekiston 69-örinni egallagandi.









