Rasul akaning öğli Ruslanbek Xolboyev 7-sinfda, qizi Sevinçoy Xolboyeva esa 8-sinfda öqişadi. 13 yoşli Ruslanbek öqişdan böş paytlari otasiga yordam bersa, Sevinçoy ikki yildan beri mustaqil faoliyat olib boradi.

Qahramonimiz Sevinçoy hozir 14 yoşda. Hunarmandçilikni otasidan 2 yilda töliq örganib olgan. Özining aytişiça, sohaga qiziqiş 6-7 yoşlarida boşlangan.

 “Otamga 6 yoşimda şogirdlikka tuşganman. Oxirgi ikki yilda sohani aniq örganişga kirişdim. Boşida 2-3 oygaça şunçaki jarayonni kuzatib yurdim. Keyin nimadir yasaşga ötdim. Oçiğini aytaman 3-, 4-urinişlardan keyingina işim öxşaşni boşladi. Ungaça ança metall bölaklarini yaroqsiz qilib qöyganman”, — deydi Sevinçoy Xolboyeva

Yoş hunarmand qiz ikki yildan beri mustaqil faoliyat olib boradi. Sevinçoy hozirda 20 ga yaqin uy-rözğor buyumlari va tunuka işlab çiqarmoqda. U öziga uy içida alohida ustaxona oçib olgan. Otasi Rasul akaning aytişiça, qizi işlayotgan paytda heç kim bezovta qilişi mumkin emas. Sevinçoy bir özi, mustaqil işlaşni yaxşi köradi.

“Boşida qilayotgan işimga kulganlar ham böldi. Ularga unçalik e'tibor bermadim. Oxiri örganib ketarman dedim. Hozirga kelib öşa kulganlar uyalib qolişdi. Endi köçadagilar ham, maktabimdagilar ham menga işonişadi”, — deydi yoş hunarmand qiz.

Usta qizning aytişiça, kunlik daromadi 100-150 ming söm atrofida. Öqiş bölmagan kunlari bu raqam 200 ming sömgaça yetişi ham mumkin ekan. U ertalab soat 05:00 turişga odatlangan. Birinçi qiladigan işi ustaxonasini oçib, tozalaş böladi. Kun davomida uy işlari va öqişdan ortib, soat tungi 24:00 gaça işlaşi ham mumkin.