2024 yilda jami 23,8 ming nafar hunarmandlarga 44,7 mlrd söm subsidiya mablağlari ajratilişi rejalaştirilgan. Bu haqda respublika "Hunarmand" uyuşmasi boşqarma boşliği Jamşid Tilyakov ma’lum qildi.
Hunarmandçilik faoliyatini qöllab-quvvatlaş uçun subsidiyalar 5 turda tuman (şahar)larning toifasiga qarab ajratiladi:
birinçi: «Usta-şogird» an’analari asosida yoşlarga hunar örgatayotgan hunarmandlarga şogirdlar tayyorlaş, zarur xomaşyo sotib oliş va şogirdlarni iş haqi bilan ta’minlaş uçun — 6 oy davomida ajratiladi;
ikkinçi: şogirdlarga — mustaqil faoliyat boşlaşi uçun zarur asbob-uskuna va jihozlarni sotib oliş uçun;
uçinçi: ustalarga — internet saytlarini yaratiş, öz mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonçalariga çiqariş va reklama xarajatlari uçun;
törtinçi: hunarmandlarning «Hunarmand» uyuşmasiga a’zolik badali xarajatlari uçun bazaviy hisoblaş miqdorining beş baravarigaça (1 700 000 söm);
beşinçi: hunarmandçilik faoliyati bilan şuğullanayotgan nogironligi bölgan şaxslarning iş joyini moslaştiriş uçun har bir moslaştirilayotgan iş joyi böyiça bazaviy hisoblaş miqdorining 40 baravarigaça (13 600 000) miqdorda subsidiya ajratiladi.












