2021 yil 16 sentyabr kuni Kun.uz’da e'lon qilingan “Prokuratura “Amirsoy”dagi daraxtkesarlar işini yaşirib kelgan(mi?)” sarlavhali xabar yuzasidan Boş prokuratura munosabat bildirdi. Unda ma'lum qilinişiça, prokuratura xodimlari uşbu holatda qonun buzilişlariga yöl qöymagan.

Ma'lum bölişiça, Toşkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi tomonidan Böstonliq tumani Amirsoy hududida 700 tup mevali va manzarali daraxtlar kesilişi holati yuzasidan töplangan hujjatlar 2021 yil 30 iyunda Toşkent viloyati prokuraturasi orqali 2021 yil 13 iyulda Toşkent tabiatni muhofaza qiliş prokuraturasiga kelib tuşgan.

Holat yuzasidan töplangan hujjatlar Toşkent tabiatni muhofaza qiliş prokuraturasi tomonidan örganilib, viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi tomonidan Boş prokuratura va Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi tomonidan imzolangan 2021 yil 15 yanvardagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasida qonuniylikni ta'minlaş böyiça hamkorlik töğrisida”gi tartib talablariga rioya qilinmasdan, bir qator kamçiliklar bilan yuborilganligi bois, kamçiliklarni bartaraf etiş va qayta rasmiylaştiriş uçun boşqarmaga 2021 yil 15 iyulda xat bilan qaytarib yuborilgan.

Şundan söng, viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasining 2021 yil 18 avgustdagi xati va töplangan hujjatlar töldirilgan holda 2021 yil 31 avgustda viloyat prokuraturasiga qayta kelib tuşgan va 2021 yil 6 sentyabrda Toşkent tabiatni muhofaza qiliş prokuraturasiga yuborilgan.

Jinoyat-protsessual qonunçilik talablari asosida tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilib, 2021 yil 15 sentyabrda holat yuzasidan 10 kunlik muddatdan oşmagan holda, Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 198-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan va bu haqda jamoatçilikka ma'lum qilingan.