Qömita xabariga köra, avtomobil işlab çiqariş sanoatida 2021 yilning avgust oyida 3 690 dona “Damas” işlab çiqarilgan.
2021 yilning avgust oyida işlab çiqarilgan avtomobillar soni quyidagiça:
- “Damas” - 3 690 dona;
- “Cobalt” - 350 dona;
- “Lacetti-Gentra” - 2 dona;
- “Labo” - 1 315 dona;
- “Nexia T-250” - 177 dona.
Avvalroq, Özbekistonda avtomobil sotib oliş körsatkiçi pandemiya davriga nisbatan sezilarli pasaygani aytilgandi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlillariga köra, avgust oyida respublikada avtomobillar oldi-sotdisi böyiça bitimlar soni sezilarli darajada oşib iyul oyiga nisbatan ösiş 21,4 foizni taşkil etdi.
Biroq içki bozorda bölgan talab miqdori 2020 yil avgust oyi bilan taqqoslaganda 8,6 foizga kamaydi. Buning sababi ötgan yilning iyul oyida joriy qilingan lokdaundan keyin avgust-dekabr oylarida keçiktirilgan talab qondirilişi bilan izohlanadi.

















