5-6 yil avval ayni şu kunlar ommaviy safarbarlik boşlanar, talaba-yu öqituvçi, şifokor-u bankir paxta dalasiga «ixtiyoriy otlanardi». Mustaqillikka qadar esa paxta teriş mavsumi haqiqiy frontga aylangan. Butun respublika salohiyati 5-6 mln tonnalik xirmon töplaşga qaratilar, eng yaxşi ilm, barça kuçlar faqat paxta hosildorligini oşirişga yönaltirilardi.

Yoşi kattalar yaxşi eslaydi, paxta terimi uçun bozorlar berkitilişi, töylar tugul azalar ham töxtaşi, barça öquv maskanlari va aksariyat taşkilotlar yopilişi, qahraton qişgaça hamma dalada kezişi odatiy hol bölgan. Kunlik paxta «svodka»lari eng muhim axborot hisoblanar, hamma bu ma'lumotni quloğini ding qilib eşitardi. Öşa paytlarda hammaning xayolida Özbekiston dunyoning paxta giganti degan tuşunça mustahkam örnaşib qolgandi.

Lekin paxta özbek xalqini qiynab qöygani, amalda aholi turmuş tarzini yaxşilamasligi kunday ravşan edi. Qolaversa, şunça intilişlarga, paxtani salkam «ilohiy ösimlik» darajasiga kötarişga qaramay, Özbekiston ittifoq davrida ham, keyin ham paxta yetiştiriş böyiça dunyoda yetakçi bölmagan.

Umuman, dunyo böyiça yiliga örtaça 26-27 mln tonna paxta hosili olinadi va bu hosilning 60 foizidan köproği uç davlat hissasiga töğri keladi.

Xöş, qaysi davlatlar bu borada ilğor va buning uçun qanday omillar rol öynagan?

Xitoy

Dunyo paxtasining 25 foizidan köproği, ya'ni yiliga taxminan 6,5 mln tonna paxta Xitoyda yetiştiriladi. Buning uçun 100 mingdan ortiq fermerlar ter tökadi va ta'kidlaş joizki, Xitoy bu borada juda qisqa vaqt içida yuqori samaradorlikka erişa oldi. Yana bir muhim jihat – Xitoy paxta xomaşyosini deyarli eksport qilmaydi va töliğiça qayta işlaydi. Nafaqat öz paxtasini qayta işlaydi, balki xorijdan ham faol import qiladi. Ammo hosildorlikni oşiriş uçun yerga kimyoviy işlov berişga zör berilişi ekologlar tomonidan muntazam tanqid qilib kelinadi. Hosilni yiğiş asosan maşinalar orqali amalga oşiriladi.

Hindiston

Bu davlat tabiati ham paxta yetiştiriş uçun qulay. Zamindorlar orasida ham paxtaga qiziqiş baland. Şu bois bu davlat ham yiliga 6,3-6,4 mln tonna atrofida hosil oladi va ba'zi yillarda hosildorlik böyiça Xitoyni ortda qoldirib, birinçilikka ham çiqib turadi. Hosilni yiğiştirişda maşinalar bilan birga qöl mehnatidan ham foydalaniladi. Katta hosil olinsa-da, qayta işlaş yuqori darajada emas, xorijga eksport hajmi baland.

AQŞ

Amerikada azaldan paxta yetiştirib kelingan. Hozir ham Texas, Florida, Missisipi, Kaliforniya, Arizona kabi ştatlarda yuqori hosil olinadi. AQŞ fermerlari yiliga örtaça 3,5 mln tonna paxta yetiştirişlari bu davlatning gigantlar orasida uçinçi örinni egallaşini ta'minlaydi. Bu davlatda hosil töliq maşinalar orqali yiğib olinadi va çuqur qayta işlanadi. Amerika madaniyati ramziga aylangan jinsi şimlar asosan mahalliy xomaşyodan tayyorlanadi. Bundan taşqari, AQŞ paxta eksporti böyiça ham yetakçi – yiliga örtaça 1 mln tonna.

Pokiston

Bu davlat tabiati ham paxta yetiştirişga mos va fermerlar yiliga örtaça 2,3-2,4 mln tonna hosil kötaradilar. Pokiston xomaşyo böyiça kuçli törtlikka kiriş bilan birga paxtani qayta işlaşda ham yaxşi natijalarga erişgan. Pokistonda mahalliy paxtadan tayyorlangan matolar va liboslar dunyo böylab juda xaridorgir.

Braziliya

Kuçli beşlikka yillik örtaça 1,4 mln tonna hosildorlik bilan Braziliya yakun yasaydi. Bu davlatda ham paxtakorlik azaliy an'ana. Bir vaqtlar «Kanizak Izaura» seriali namoyişida qullarning paxta terişini körib bejizga hayratlanmaganmiz. Öşanda köpçilik xorijiy davlatlarda ham paxta terilişidan hayron bölgan. Qiziği, bu serial özbek tilida namoyiş etilganda qullarning paxta terişiga oid sahnalar kesib taşlangan.

Bundan taşqari, Avstraliya, Turkiya, Argentina kabi davlatlarda ham köp miqdorda paxta yetiştiriladi.

Xöş, Özbekiston neçançi örinda?

Özbekiston paxta yetiştiriş böyiça bugungi kunda dunyoda 6-örinda turadi. Hozirgi kunda respublika böylab örtaça 1,1-1,2 mln tonna paxta hosili olinadi. Savol tuğilişi mumkin: ittifoq davrida 5-6 mln tonna hosil olingan ekan, öşa paytlar Özbekiston paxta yetiştiriş böyiça yetakçi bölganmi?

Avvalo u paytlarda 5-6 mln tonnalik xirmon bilan maqtanilgan bölsa-da, aslida bunça paxta yetiştirilgani katta şubha ostida bölgan. Qolaversa, AQŞ, Hindiston kabi davlatlar hosildorligi hozirgidan ham yuqori edi. Şuningdek, mahalliy qayta işlaş deyarli bölmagan, paxta asosan xomaşyo şaklida sotilgan.

Mustaqillikdan söng aholining ğallaga bölgan ehtiyojini qondiriş masalasi kun tartibiga çiqdi va paxta maydonlari qisqarib, köproq buğdoy ekila boşladi. Şunday bölsa-da, paxta yakkahokimligi susaymadi, ayniqsa terim paytida safarbarlik oldingidek edi.

Vaqt ötib paxta yiğim-terimi böyiça majburiy mehnatga uzil-kesil çek qöyildi. Bugungi kunda faqat manfaatdorlik ortidan paxta terilmoqda. Qöpol qilib aytganda, odamlar yoppasiga paxta termasa ham, davlatning bir yeri kamayib qolayotgani yöq.

Abror Zohidov