YHXBB xabariga köra, joriy yilning 19 sentabr kuni soat 23:35larda, Xorazm viloyati, Tuproqqal'a tumani, Sarimoy qişloği hududidan ötgan A-380 "Ğuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu" xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yölining 493-kilometrida yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
Haydovçi, 1996 yilda tuğilgan A.M. boşqaruvidagi "Tacuma" rusumli hamda haydovçi, 1970 yilda tuğilgan B.M. boşqaruvida bölgan "Isuzu" rusumli avtomobillar iştirokida töqnaşuv sodir bölgan.
Natijada, "Tacuma" rusumli avtomobil haydovçisi A.M. hodisa joyida, uşbu avtomobil yölovçilari S.M. (Said Mahsumov) şifoxonaga olib ketilayotganda, R.J. va A.Q. şifoxonada vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Tuproqqal'a tumani IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Turli xabarlarga köra, 36 yoşli Said Mahsumov boşqa jurnalistlar bilan birgalikda Nukusda bölib ötgan II Xalqaro baxşi festival-tanlovining yoritilişida qatnaşgan.
Said Mahsumov Toşkent viloyatida tuğilgan, Özbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan. Köp yillar davomida “Ma'rifat” va “Xalq sözi” gazetalarida işlagan.











