Sudanda bir guruh harbiylar hukumat obektlarini nazoratga olişga va davlat töntarişini amalga oşirişga urindi, deb xabar berdi Al Arabiya.
Mamlakat hukumat kengaşidagi manbaning Reuters agentligiga aytişiça, hozirda hukumat vaziyatni öz nazoratiga olgan.
Davlat telekanallarida mamlakat poytaxti Xartum şahri köçalarida tanklar yurgani aks etgan lavhalarni namoyiş etdi. Bundan taşqari, qayd etilişiça, davlat telekanallarida vatanparvarlik töğrisidagi qöşiq va kliplar körsatilmoqda.
Al Arabiya telekanalining ta'kidlaşiça, general-mayor Abdul-Boqi Bakraviy boşçiligidagi 20 nafardan ortiq yuqori martabali ofitserlar Sudan armiyasining bronetank korpusini öz nazoratiga olgan, söngra davlat ommaviy axborot vositalari ofislarini egallaşga uringan. Manbaning sözlariga köra, hozirda fitnaning barça iştirokçilari hibsga olingan.
2019 yil aprelda yuz bergan davlat töntarişidan söng mamlakatni 1993 yildan buyon boşqarib kelayotgan prezident Umar al-Başir hibsga olingandi. May oyida harbiylar va muxolifat uç yillik ötiş davri töğrisida kelişuv imzoladi.












