“Xorazmda ip-kalavani çuqur qayta işlaş va tayyor töqimaçilik mahsuloti eksportini keskin köpaytirişga 50 million dollar ajratiladi.

Umuman olganda, kelgusi beş yilda Xorazmni rivojlantiriş uçun 30 trillion söm yönaltiriladi. Jumladan, budjetdan – 6,5 trillion söm, xalqaro moliya taşkilotlaridan – 10 trillion söm, bank kreditlari – 13,5 trillion söm.

Qişloq xöjaligi samaradorligini oşiriş orqali, 100 ming aholi uçun doimiy iş örni yaratiladi. Bu borada, avvalo, suv ta'minoti va yerlarning meliorativ holatini yaxşilaş böyiça loyihalarni davom ettiramiz.

“Toşsoqa tizimidagi magistral suğoriş kanallarini qayta tiklaş” loyihasining ikkinçi bosqiçini amalga oşiramiz. Bunga 130 million dollar yönaltiriladi. Buning hisobiga, 250 ming gektar yer maydonlarining suv ta'minoti va meliorativ holati yaxşilanadi, 13 ming gektar foydalanişga qaytariladi.

Tuyamöyin gidrouzelining “Sulton Sanjar” dambasini mustahkamlaş hisobiga, Xorazm viloyati uçun 370 million kub metr qöşimça suv zaxirasi yaratiladi.

Alohida dastur asosida, 170 ming gektarda suv tejovçi texnologiyalarni joriy qiliş hisobiga, yiliga 600 million kub metr suv tejaladi.

Sardoba suv omborining maktabi men uçun yetarli. Endi bunday bölmasligi uçun barça çoralarni köramiz.

Bunda, 45 ming gektarda lazerli tekislaş, 50 ming gektar yomğirlatib suğoriş joriy qiliş hisobiga, hosildorlik oşadi va suv sarfi kamayadi.

Yangi özlaştirilgan yerlar va samarasiz boğ-tokzorlar örnida, 4 ming gektar intensiv boğ va 5 ming gektar uzumzor barpo etiladi. Buning hisobidan, 10 mingdan ortiq yangi iş örinlari yaratiladi”, – dedi davlat rahbari.