Jurnalistlar ijodiy uyuşmasi raisi Olimjon Ösarov 23 sentabr kuni bölib ötgan davra suhbatida Toşkent şahar hokimligi 2017 yil avgustdagi prezident qarori ijrosini 5 yildan buyon paysalga solib kelayotganini ta'kidladi.

“Men Toşkent şahri hokimidan juda xafaman. Töğri, şaharda juda katta bunyodkorlik işlari amalga oşirilyapti, buni biz hamişa e'tirof etamiz, har tomonlama qöllab-quvvatlaymiz. Biroq prezidentimizning 2017 yil 10 avgustda “Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilingan.

Törttagina banddan iborat qarorda Toşkent şahar hokimligiga Toşkent şahrining Islom Karimov köçasidagi 15-a-uydan uyuşma uçun joy beriş vazifasi yuklatilgan. Mana, oradan qariyb beş yil vaqt ötdi. Lekin haligaça uyuşmaga joy ajratilgani yöq. Haligaça axborot sohasidagi vakolatli davlat organining binosida ijarada ötiribmiz.

Prezident saylovi munosabati bilan yurtimizga köplab xorijiy jurnalistlar taşrif buyurmoqda. Ularning köpçiligi uyuşma faoliyati bilan tanişiş istagida bizga murojaat qilişmoqda. Ammo gapning oçiği, biz ularni qabul qiliş uçun hozirgi holatimizdan uyalyapmiz”, deya Olimjon Ösarovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Uyuşma raisining qöşimça qilişiça, qarorning boşqa bandlarida közda tutilgan işlar ham amalga oşirilmagan. Jumladan, har bir hududda jurnalistlar uçun imtiyozli narxlar asosida uylar qurilişi belgilangan bölsa-da, haligaça bu vazifa bajarilmagan.

“Xafaligimning sababi, prezident qarorida közda tutilgan mana şu vazifaning ijrosi ta'minlanayotgani böyiça biror OAV bizni qöllab-quvvatlab çiqiş qilgani yöq.

Bundan taşqari, yuqorida nomi körsatilgan prezident qarorida Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklariga uyuşma bilan birgalikda ehtiyojmand va faol jurnalistlarga imtiyozli narxdagi uy-joy qurib beriş vazifasi ham yuklatilgan. Afsuski, prezident qarorining bu bandi ham ijro etilmay qolib ketgan.

Bu nimadan dalolat beradi? Mana şu holatdan ham xulosa qiliş mumkinki, jurnalistlarimiz örtasida birdamlik yöq. Tasavvur qiling, mana şu holat xorijdagi birorta mamlakatda sodir bölganda jurnalistlar hokimlik yoki meriyani tinç qöyişarmidi?! Bir soat ham tinç qöyişmasdi. Lekin bizning jurnalistlarimiz mana şu masalalarga jimgina köz yumib kelişmoqda”, dedi Olimjon Ösarov.