Ekopartiya rahbari Narzullo Oblomurodov Sirdaryo viloyati Yangiyer şahrida turli xil bahonalar bilan va aholini ogohlantirmasdan daraxtlarning kesilganini tanqid qildi.

«Daraxtlarni kesişga moratoriy joriy etilgani, tobora kamyoblaşib borayotgan yaşillikni asrab-avaylaş masalasiga davlat darajasida e'tibor qaratilayotganiga qaramasdan kör-körona daraxt kesilişi nega davom etmoqda? Daraxtlarga qiron keltirayotgan kimsalarga kimlar ruxsat bermoqda, kimlar bundan manfaatdor bölyapti? Afsuski, bu savollarga jöyali javob beradigan, mas'uliyatni zimmasiga oladigan biror idora yoki taşkilot topilmayapti hozirça.

Sirdaryo viloyatining Yangiyer şahrida salomatlik yölakçasi qurilişi belgilangan hududda 12 dona şumtol va 1 dona tut daraxti qöporib taşlangani aniqlangan. Nima emiş, Sirdaryo tumani hokimining tegişli farmoyişida tuman hududidagi qurib ösişdan töxtagan daraxtlarni kesib tuman zaxirasiga olinişi körsatilgan emiş. Axir öşa tomiri bilan qöporib taşlanayotgan daraxtlar bargi yam-yaşil ekani körinib turibdi-ku.

Agar haqiqatan ham qurigan va kesib taşlaşga ehtiyoj bölgan daraxt bölsa, nega ular kunduz kuni, jamoatçilik köz öngida kesilmadi. Aynan yarim keçada daraxt kesiş kimga kerak bölib qoldi? Bu işdan bir qinğirlikning hidi kelib turgani ayon haqiqat emasmi?

Daraxtlar kesilişi yo boşqa joyga köçirilişi bilan boğliq holatlarda jamoatçilik muhokamasini ötkaziş amaliyotini yölga qöyişimiz şart. Yaqin atrofda yaşovçilar daraxt kesilişi töğrisida yozma ravişda xabardor qilinişi zarur», dedi Narzullo Oblomurodov.