Sirdaryo viloyatining Yangiyer şahrida «Suv ombor quriliş» xususiy korxonasi iş yurituvçisi O.S.ning buyruği bilan fuqarolar N.X., S.T., A.Ğ. tomonidan salomatlik yölakçasi qurilişi belgilangan hududda «Samsung» rusumli ekskavator yordamida 12 dona şumtol va 1 dona tut daraxtini qöporayotganlik holati aniqlandi. Bu haqda Davlat ekologiya qömitasi ma'lum qildi.
Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasidagi nazorat böyiça Yangiyer şahar va Xovos tuman inspeksiyalari inspektorlari hamda şahar IIB PPX va JTSB xodimlari hamkorligida tungi reyd tadbirlari ötkazildi.

Joriy yilning 17 sentabr kuni keç soat 22:52lar atrofida Yangiyer şahar «Şodlik» MFY hududida «Suv ombor quriliş» xususiy korxonasi iş yurituvçisi O.S.ning buyruği bilan fuqarolar N.X., S.T., A.Ğ. tomonidan salomatlik yölakçasi qurilişi belgilangan hududda «Samsung» rusumli ekskavator yordamida 12 dona şumtol va 1 dona tut daraxtini qöporayotganlik holati aniqlandi.
Holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismi (daraxtlarni, butalarni, boşqa ösimliklarni va nihollarni qonunga xilof ravişda kesiş, kundakov qiliş, şikastlantiriş, yöq qiliş yoki boşqa joyga köçirib ötkaziş) bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, 6 million 750 ming jarima qöllandi. Tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 125 million 820 ming sömni taşkil etdi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boşqarmasi axborot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.
«Ijtimoiy tarmoqlarda «Sirdaryo tumani hududidagi qurigan daraxtlarni ommaviy kesişga ruxsat berildi» nomli xabar tarqalgan edi. Uşbu xabar yuzasidan Sirdaryo viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi şuni ma'lum qiladiki, Sirdaryo tumani hokimining 11.09.2021 yildagi 91-9-128-G/21 sonli farmoyişida tuman hududidagi qurib ösişdan töxtagan daraxtlarni kesib tuman zaxirasiga olinişi körsatilgan. Lekin bu farmoyiş ijrosini ta'minlaş uçun, ya'ni qurigan daraxtlarni kesiş uçun viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasining xulosasi kerak böladi», deyiladi xabarda.












