Shu bilan birga, 6-12 dekabr kunlari Stokholm va Osloda mahalliy aholi uchun Nobel marosimi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Nobel haftasi o‘tkazilishi formati haqida oktabr o‘rtasida ma'lum qilinadi. Hafta davomida mukofotlar topshirilishi marosimidan tashqari, an'anaviy Nobel banketi, sovrindorlar ma'ruzalari, seminarlar va konsertlar ham bo‘lib o‘tadi.

Tinchlik bo‘yicha mukofotni topshirish borasida hali bir to‘xtamga kelinmagan va Norvegiya Nobel qo‘mitasi uni Osloda topshirish imkoniyatini o‘zida saqlab qoladi. 

Joriy yilda Nobel sovrindorlari quyidagicha tartibda e'lon qilinadi: 4 oktyabrda tibbiyot, 5 oktyabrda fizika, 6 oktyabrda kimyo, 7 oktyabrda adabiyot, 8 oktyabrda tinchlik bo‘yicha. 11 oktyabrda esa Shvetsiya davlat bankining mukofot asoschisi Alfred Nobel xotirasi uchun iqtisodiyot bo‘yicha mukofoti o‘z egasiga topshiriladi.     

2020 yilda ham Nobel mukofoti topshirilishi marosimi pandemiya sababli onlayn rejimda o‘tgandi.