Yangi ilmiy tadqiqotga köra, pandemiya davrida soğlom odamlarning miyasi tezroq qarigan. Bu odamning kovid bilan kasallangan yoki kasallanmaganiga boğliq emas edi.

Kovid pandemiyasi davrida qariyalar, erkaklar va notinç oilalar vakillarining tez qarişi ayniqsa sezilarli böldi. Şu bilan birga, kognitiv test natijalari şuni körsatdiki, aqliy faollik faqat koronavirus bilan kasallangan odamlarda pasaygan. Yangi tadqiqot natijalari Nature Communications jurnalida çop etildi.

Olimlar jamoasi ötkazilgan tadqiqot doirasida 15 334 nafar soğlom kattalarning miya skanerlarini tahlil qildi. Iştirokçilarning örtaça yoşi 63 yoşni taşkil etdi.

Maşinali örganiş modellari pandemiyani boşdan keçirgan odamlarning miyasi nazorat guruhidagi odamlarga (kovid epidemiyasidan oldin skanerdan ötgan) qaraganda örtaça 5,5 oy tezroq qariganini başorat qildi. Va bu odamlar emlangan yoki emlanmaganiga boğliq emas edi.