Italiya poytaxti Rimda tönğizlar tödalari bamaylixotir yurib, mahalliy aholiga köplab muammolar tuğdirmoqda. The Local naşrining xabar berişiça, yovvoyi hayvonlar yölning piyodalar va transport harakatlanadigan qismida, uylar hovlilarida izğib yuribdi.
Ta'kidlanişiça, tönğizlar şahar şaroitiga könikib, piyodalar va transport qatnovidan heç ham çöçimayapti. Odamlar esa tönğizlar sababli hattoki itlarini sayrga olib çiqiş ham xavfli bölib qolganini aytişmoqda.
Twitter’ning italyan segmentida #cinghiali, ya'ni “tönğizlar” xeştegi ommalaşmoqda.Foydalanuvçilar uşbu xeşteg ostida Italiya köçalarida yurgan tönğizlarni, bu bilan boğliqlar memlar va hazillarni e'lon qilişmoqda. Ulardan ba'zilarining kinoya qilişiça, endi Rimga velosiped yölkalaridan taşqari, tönğizlar uçun ham yölkalar zarur.
Ta'kidlanişiça, oxirgi yillarda şaharda, ayniqsa uning şimoliy qismida tönğizlar tobora köp paydo bölmoqda.
Italiya qişloq xöjaligi vaziri Stefano Patuanelli uşbu vaziyatni “butun mamlakat böylab his qilinayotgan favqulodda vaziyat” deb atagan.
“Uşbu vaziyat faqat Rimda yuz berayotgandek tuyulişi mumkin, biroq bunday emas. Bu muammo haqida boşqa hududlar ham har kun hisobot bermoqda”, deb aytgan vazir.
Uning aytişiça, bu muammoga kuraşiş uçun yangi qonunlar zarur emas, mavjud qonunlar ham yetarli.
Bu orada fermerlarning ta'kidlaşiça, pandemiya sababli kiritilgan lokdaun vaqtida 2020 yilda fermalar va şaharlar çekkalariga kirib qolgan tönğizlar soni 15 foizga oşib, rekord darajaga – 2,3 mln boşga yetgan.
Italiyaning provinsial şaharlarida tönğizlar sababli yuzaga kelgan avtofalokatlar soni oxirgi 10 yil içida 81 foizga oşgan. 2020 yilda ular bilan boğliq yuz bergan yöl-transport hodisalarida 16 kişi vafot etgan, 215 kişi jarohat olgan.












