Albatta, partiya va tabiiyki, uning raisi yangi bölganligi sababli Ekopartiya prezidentlikka körsatgan nomzod köpçilikka notaniş bölişi mumkin. Şu sababli uçraşuv avvalida uning qisqaça tarjimayi holi bilan taniştirib ötildi. Xöş, Narzullo Oblomurodov haqida nimalarni bilamiz?


Narzullo Oblomurodov Yaponiya va Yevropa ittifoqidagi rivojlangan davlatlarning oliy ta'lim muassasalarida öqigan hamda u yerdagi ilmiy markazlarda malaka oşirgan. Uning amalga oşirgan loyihalari ham partiya ğoyasiga mos. U, xususan, oxirgi 10 yillikdagi eng dolzarb muammo bölib turgan Orolböyi hududi muammolarini yeçişga qaratilgan qator loyihalar muallifi hisoblanadi. «Möynoqqa madad» xayriya velomarafoni, «Daraxt eking» aksiyasi, ekologik innovatsiyalar va yaşil texnologiyalar tanlovi şular jumlasidandir.

Yiğilişda sözga çiqqan Narzullo Oblamuradov hududdagi saylovçilarni, umuman, respublika böylab köplab aholini qiynab turgan muammoning yeçimini aytib ötdi. Çekka qişloqlardagi elektr energiyasi va suv ta'minotidagi kamçiliklar barçaga ayon. Uning saylovoldi dasturidan aynan şu muammolarning yeçimi örin olgan. Xususan, qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalangan holda olis qişloqlardagi suv ta'minotini oşiriş közda tutilgan.
«Qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalangan holda suvni çuçuklaştiruvçi lokal qurilmalar barpo etiş orqali olis qişloq joylarda suv ta'minoti sezilarli darajada yaxşilanadi», — deydi Narzullo Oblamuradov.
Oblomurodovning ta'kidlaşiça, ekologik muammolarni hal qiliş bir kişining yoki hukumatning qölidan kelmaydi, aholining qaraşlari ham özgarişi kerak.

«Atmosferaga çiqayotgan zaharli moddalarning oldini oliş uçun kundalik hayotimizda tabiatga bölgan munosabatimizni özgartirişimiz kerak. Eng katta xatomiz — biz kimdir qilib berişi kerak, deb yaşaymiz. Aslida, özimiz harakat qilişimiz kerak. Aynan şuning uçun biz ekologiya, aholi salomatligi yölida odamlarning fikrini özgartirişga harakat qilyapmiz», — dedi Narzullo Oblomurodov.
Tabiiyki, Ekopartiyadan saylangan prezident faqatgina ekologik muammolar bilan şuğullanmaydi, boşqa masalalar ham bor. Narzullo Oblamuradov elektron hukumat va davlat xizmatlariga ham töxtalib ötdi.












